60 yoshida uchinchi bor ona bo‘ldi: 15 yil avval muzlatilgan tuxum hujayralari kutilmagan mo‘jizaga aylandi

60 yoshida uchinchi bor ona bo‘ldi: 15 yil avval muzlatilgan tuxum hujayralari kutilmagan mo‘jizaga aylandi

Moskvada 60 yoshli Marina K. 15 yil avval muzlatib qo‘yilgan o‘z tuxum hujayralaridan foydalanib, uchinchi bor ona bo‘ldi. Biologiya fanlari doktori bo‘lgan ayol qarish jarayonlarini tadqiq qilishi bilan birga, o‘z hayotida ham tibbiyotdagi noyob imkoniyatlardan foydalandi.

Marina K. o‘z tuxum hujayralarini 2010 yilda muzlatib qo‘ygan. Oradan 15 yil o‘tib, EKU — ekstrakorporal urug‘lantirish usuli yordamida homilador bo‘lgan.

15 yil avval saqlab qo‘yilgan tuxum hujayralari 60 yoshida yana farzandli bo‘lish imkonini berdi.

Homiladorlik davrida shifokorlar ayolni muntazam kuzatib borgan. Tekshiruvlar vaqtida unda bachadon miomasi aniqlangan. Shu sababli homiladorlikning 38-haftasida kesarcha kesish amaliyotini o‘tkazishga qaror qilingan. Operatsiya vaqtida xavfli bo‘lmagan o‘sma ham olib tashlangan.

Operatsiya natijasida sog‘lom o‘g‘il bola dunyoga kelgan. Shifokorlar nafaqat ona va bolaning holatini nazorat qilgan, balki bachadonni saqlab qolishga ham muvaffaq bo‘lgan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar