Farg‘onada noodatiy manzara: yuzlab tirik baliq yo‘lga sochildi

Farg‘onada noodatiy manzara: yuzlab tirik baliq yo‘lga sochildi

Farg‘ona shahrining Kirguli hududida noodatiy holat kuzatildi. Ko‘chaga yuzlab tirik baliqlar to‘kilib ketgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Videoda yirik yo‘l chetida suv va balchiq aralashmasida ko‘plab tirik baliqlar tipirchilab yotganini ko‘rish mumkin. Ularning aksariyati laqqa baliqlariga o‘xshaydi.

Tarqalgan kadrlardan ko‘rinishicha, baliqlar oq rangli, usti ko‘k tent bilan yopilgan kichik yuk mashinasida olib ketilayotgan bo‘lgan. Noma’lum sababga ko‘ra, yuk mashinasi kuzovidagi baliqlar suv bilan birga yo‘lga tushib ketgan.

Hozircha baliqlar qanday sharoitda yo‘lga to‘kilgani va hodisaga nima sabab bo‘lgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video foydalanuvchilar orasida turli munosabatlarga sabab bo‘lmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar