Marg‘ilondagi tug‘ruqxonada hamshiralar pichoqlandi

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi 4-tug‘ruqxonada hamshiralar o‘rtasida janjal kelib chiqib, oqibatda bir kishi halok bo‘lgan, yana ikki nafar xodim jarohatlangan. Bu haqda Qalampir xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 7 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tug‘ruqxonadagi katta hamshira boshqa hamshiralarga pichoq bilan hujum qilgan.
Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovdan izoh olingan. Uning ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida ikki kishi jabrlangan, ulardan biri vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘shtepa tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi — qasddan odam o‘ldirish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi ayol Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Hozircha fojianing kelib chiqish sabablari va hodisaning boshqa tafsilotlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.






























Izohlar 0
…