"Oddiy tangalar" deb o‘ylagan 18 yoshli yigit aslida devor ichidan millionlab yevrolik oltin topdi

"Oddiy tangalar" deb o‘ylagan 18 yoshli yigit aslida devor ichidan millionlab yevrolik oltin topdi

Belgiyada qurilish maydonchasida ishlayotgan 18 yoshli Kobe oddiy 1 yevrolik tangalarni topib oldim, deb o‘ylagan edi. Ammo uning keyingi kashfiyoti tasavvur qilganidan ancha qimmatga tushdi.

Kobe va uning hamkasblari eski yerto‘la devorini tekshirish vaqtida oltin quymalar, tangalar va boshqa oltin bo‘laklarini topishgan.

Dastlab oddiy tangalar deb o‘ylangan topilma keyinchalik taxminan 9 million yevroga baholanadigan xazina ekani ma’lum bo‘lgan.

Bir qarashda oddiy tanga bo‘lib ko‘ringan topilma ortidan millionlab yevrolik xazina chiqdi.

Eng qiziq savol — xazina kimniki?

Topilma haqida ishchilar darhol rasmiylarga xabar berishgan. Hozirda mutasaddilar xazinaning haqiqiy egasini aniqlash uchun surishtiruv olib bormoqda. Kobening qurilish maydonchasidagi oddiy kuni shu tariqa kutilmagan xazinani topish bilan yakunlangan. Biroq boylik hozircha uning tasarrufida emas — uning kimga tegishli ekanini aniqlash ishlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar