20:20 / 30.06.2023
154

PSJ klubining sobiq bosh murabbiyi Kristof Galte irqchilikda ayblanib, hibsga olindi

PSJ klubining sobiq bosh murabbiyi Kristof Galte irqchilikda ayblanib, hibsga olindi

Foto: Getty Images

“PSJ” murabbiyi Kristof Galte irqchilikda ayblanib, hibsga olindi. 56 yoshli mutaxassis va uning o‘g‘li Jon Valovich—Galte “Nitssa”dagi faoliyati davomida irqchilik qilganlikda ayblanib, qo‘lga olingan.

Galte 2021 yildan 2022 yilga qadar “Nitssa”da ishlagan. Murabbiy o‘sha vaqtda klub sport direktori Jyulen Furnega “qora tanli va musulmon futbolchilar kerak emas” qabilida xabar yozgan.

Shundan so‘ng Parij klubi bosh murabbiyiga nisbatan suiqasd tahdidlari ko‘paygan. Xabar qilinishicha, Kristof 3 yilga qamalishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Galte 2022 yil yozidan buyon “PSJ” bosh murabbiyi vazifasini bajarib kelayotgandi. O‘tgan mavsum jamoa bilan Fransiya chempionatida g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, Chempionlar Ligasi nimchorak finalida musobaqa bilan xayrlashgan edi. Mavsum yakunlangach, parijliklar Galteni iste’foga chiqargandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » PSJ klubining sobiq bosh murabbiyi Kristof Galte irqchilikda ayblanib, hibsga olindi
ePN