17:38 / 05.01.2024
459

Tadqiqot: Saratonni bir soniyada davolash usuli topildi

Tadqiqot: Saratonni bir soniyada davolash usuli topildi
Bugungi kunda onkologik kasalliklarni davolashda keng tarqalgan vosita – kimyoterapiyadan ko‘proq foydalaniladi. Buning uchun odatda foton nurlanish usuli keng qo‘llanadi.
 
Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, so‘nggi izlanishlar flesh-terapiya deb nomlangan proton nurlanish samaradorligi yuqoriligini tasdiqlamoqda. Bu usul bilan sog‘lom to‘qimalarga kamroq zarar yetkazilishi kutilyapti.
 
AQSHning Pensilvaniya universiteti tadqiqotchilarining xulosasiga ko‘ra, flesh-terapiya an’anaviy nur muolajalariga nisbatan nojo‘ya ta’sirlar xavfini uchdan ikki qismga kamaytiradi. Bu haqda Radiatsion onkologiya, biologiya va fizika xalqaro jurnalida olimlar bilan o‘tgan podkastda ham batafsil gapirib o‘tilgan.
 
Qolaversa, davolash kursi faqat bir martalik va uning davomiyligi atigi bir soniyaga teng. Zarrachalar massasi katta bo‘lgani sababli proton nurlari bemorning kasallikdan zararlangan qismiga aniqroq yo‘naltiriladi. Bu esa qo‘shni to‘qimalar va organlarga minimal darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
 
Olimlar proton nurlanishdan foydalanish metodologiyasi va ekspress seanslar uchun optimal dozalarni ishlab chiqqan. Tez orada flesh-terapiya saraton muolajasida keng ommalashishi mumkin.
 
Ma’lumot uchun, proton nurlanish orqali saratonni davolash usuli 2020 yildan beri tadqiq qilib kelinadi. O‘shanda flesh-terapiyaning qanday ishlashi tushuntirib berilgan. Ya’ni nurlanish sabab o‘simta hujayralariga ta’sir qilib, ularning DNKsini buzish hamda bo‘linishini to‘xtatib, uni o‘ldirish nazarda tutilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo