21:48 / 31.07.2024
61

Peskov: “Rossiya tinchlik muzokaralariga tayyor, biroq Ukrainadan hech qanday taklif yo‘q”

Peskov: “Rossiya tinchlik muzokaralariga tayyor, biroq Ukrainadan hech qanday taklif yo‘q”
Foto: Sputnik
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Rossiya Ukraina bilan muzokaralarga tayyor, biroq hozircha Ukraina rasmiylaridan aniq takliflar yo‘q.

Bir kun avval Ukraina prezidenti devoni maslahatchisi Mixail Podolyak Rossiya bilan tinch muzokaralar o‘tkazish zarurligini ta’kidlab, harbiy mojaroni faqat Ukrainaning hududiy yaxlitligi va subyektivligi sharti bilan hal qilish mumkinligini ta’kidlagandi.

Bularning barchasi shunchaki falsafa so‘qish. Biz bu ishda batafsil tushuntirishlarni eshitmadik. Bu mavzu vaqti-vaqti bilan aytiladi, lekin hech qanday aniq taklif yo‘q”, deya munosabat bildirdi Dmitriy Peskov Ukraina prezidenti devoni maslahatchisining so‘zlariga. Shu bilan birga, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Moskva muzokaralar jarayoniga ochiq qolishda davom etishini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Vladimir Putin Rossiya va Ukraina o‘rtasida 2022 yil mart oyida yuzma-yuz muzokaralar chog‘ida ishlab chiqilgan tinchlik shartlari “o‘zgarmaganini” aytgandi. Prezidentning fikricha, Istanbul kelishuvlari 2022 yil may oyida tugatilgan Rossiya-Ukraina muzokaralarini davom ettirish uchun asos bo‘lishi mumkin. Istanbul kelishuvlari to‘plami, xususan, Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishdan va yadroviy qurol yaratishdan bosh tortishini o‘z ichiga olgan.

Vladimir Zelenskiyning idorasi Vladimir Putin tomonidan mojaroni hal qilish uchun taklif qilingan shartlarni rad etib, Rossiya bilan tinchlik shartnomasini tuzishni “iblis bilan kelishuv” deb atadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peskov: “Rossiya tinchlik muzokaralariga tayyor, biroq Ukrainadan hech qanday taklif yo‘q”