Foto: Getty Images
Londonda saraton hujayralariga qarshi immun tizimini rag‘batlantirishga mo‘ljallangan o‘pka saratoniga qarshi yangi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi. Eksperiment terapiyadan birinchi bo‘lib London kolleji Univestitet klinikasi bemorlari foydalandi, deya xabar beradi tashkilot matbuot xizmati.
O‘pka saratoniga qarshi vaksinani o‘zida birinchi bo‘lib 67 yoshli Yanush Ras sinab ko‘rmoqda. U vaksina saratonning qaytalanishini to‘xtatishiga umid qilgan holda tadqiqotda ishtirok etishga rozi bo‘lganini aytgan. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, oilasi uning qarorini qo‘llab-quvvatlagan, o‘zi ham sun’iy intellekt sohasidagi olim sifatida bu kabi tadqiqotlar naqadar muhim ahamiyatga ega ekanini yaxshi tushunadi.
O‘pka saratonini davolashga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi mRNK-vaksina Germaniyaning BioNTech biotexnologik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Kelajakda ushbu vaksina kimyoterapiya o‘rnini egallashi mumkin.
Dori vositasi immun tizimini sog‘lom to‘qimalarga teginmagan holda saraton hujayralarini aniqlash va ularni yo‘q qilishini rag‘batlantiradi. Bunday usul kasallangan hujayralardan tashqari sog‘lomlariga ham zarar yetkazadigan an’anaviy kimyoterapiyadan farq qiladi.
Olimlarning ta’kidlashicha, o‘pka saratoni butun dunyoda onkologik kasalliklar oqibatida yuzaga kelayotgan o‘limlarning asosiy sababchisi bo‘lib qolmoqda. Tadqiqot o‘pka saratonini davolashning yangi samarali usullarini topish va kasallikning turli bosqichlarida bemorlar uchun prognozlarni yaxshilashga qaratilgan.
The Guardian'ning ma’lum qilishicha, vaksinaning odam ustidagi birinchi faza klinik sinovlari dunyoning yettita davlatidagi 34 ta tadqiqot maydonchasida boshlangan: Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Vengriya, Polsha, Ispaniya va Turkiya. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi