14:41 / 06.10.2024
24

Burkina-Faso oltin qazib oluvchi chet elliklarning litsenziyasini qaytarib olishni boshladi

Burkina-Faso oltin qazib oluvchi chet elliklarning litsenziyasini qaytarib olishni boshladi
Foto: Getty Images
Burkina-Faso mamlakatda oltin qazib olish bilan shug‘ullanuvchi ayrim chet el korporatsiyalarining litsenziyasini chaqirib olishni boshladi. Bu haqda mamlakat harbiy xunta yetakchisi Ibrahim Traore ma’lum qildi.

«Oltinni qanday qazib olishni o‘zimiz bilamiz va nima uchun xalqaro korporatsiyalarning kelib, uni qazib olishlariga imkoniyat berishimizni tushunmayman. Biz litsenziyalarni chaqirib olamiz», — deydi Traore.

Reuters agentligining qayd etishicha, oltin Burkina-Fasoning asosiy eksport mahsuloti hisoblanadi. 2022 yilning o‘zida u yerda 70 tonnaga yaqin oltin qazib olingan. Mamlakatda ko‘plab kompaniyalar, jumladan, Britaniyaning Endeavour Mining, Avstraliyaning West African Resources, Rossiyaning Nordgold hamda Kanadaning Orezone Gold Corporation korporatsiyalari faoliyat yuritib keladi.

Burkina-Faso — aholisi 22 millionga yaqin va aholi jon boshiga YAIMi yiliga 988,3 dollarni tashkil etadigan Afrika g‘arbidagi eng qashshoq davlatlardan biri. Uning bir qismi «Al-Qoida» va ISHID terrorchilik tashkilotlari tomonidan nazorat qilinadi.

2022 yil sentyabrda Burkina-Fasoda harbiy to‘ntarish sodir bo‘lgan va hokimiyat tepasiga «Kobra» maxsus bo‘linmasi boshlig‘i Ibrahim Traore kelgan edi. Traore «o‘tish davri prezidenti» hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Burkina-Faso oltin qazib oluvchi chet elliklarning litsenziyasini qaytarib olishni boshladi