21:00 / 10.11.2024
18

Xitoyga tegishli marsoxod Marsda qadimiy okean izlarini topdi

Xitoyga tegishli marsoxod Marsda qadimiy okean izlarini topdi
Foto: CNSA
Xitoylik planetologlar «Chjunjun» marsoxodi Mars sayyorasida taxminan 3,5 milliard yil oldin ulkan okean bo‘lganini tasdiqlovchi asosli dalillar topganini ma’lum qildi. Ushbu topilma Qizil sayyorada oldin suv bo‘lganini ko‘rsatuvchi dalillarga qo‘shimcha bo‘ldi.

Marsoxod sayyoradagi «Utopiya» tekisliklariga 2021 yilda qo‘ngan va keyingi yilning mayidan boshlab ishga tushgandi. Ko‘p o‘tmay apparat Marsdagi qish mavsumida gibernatsiya rejimiga o‘tgandi. Yangi mavsum boshlanishi bilan «Chjunjun» kutilmaganda ishlamay qoldi. Missiya muhandislari apparatning quyosh panellari qum bilan qoplangani va bu ularning quvvatlanishiga xalaqit bergan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Tadqiqotchilar marsoxodning bir yillik faoliyati davomida olingan ma’lumotlarni o‘rganishda davom etmoqda. Ma’lumotlar tahlili qariyb 3,5 milliard yil oldin Marsning shimoliy yarimsharini katta qismi ulkan dengiz bilan qoplanganini taxmin qilish imkonini bermoqda. Olimlar «Chjunjun» qo‘ngan «Utopiya» tekisligi yuzasini o‘rganish asosida shunday xulosaga kelgan.

Xususan, tadqiqotchilar chuqursimon konuslarga duch kelgan, aftidan ular loy vulqonlari natijasida shakllangan. Bu sayyora yuzasidan suv bo‘lganini bildiradi. Bundan tashqari, marsoxod cho‘kindilarga xos bo‘lgan qatlamli tuzilmalarni ham topgan.

Olimlar Marsning qadimiy okeani tarixini taxminan qayta tiklab ko‘rdi. Ularning baholashicha, «Utopiya» tekisliklari 3,68 milliard yil oldin suv ostida bo‘lgan. Oxirgi 230 million yilda okean yuzasi sekin-asta muzlagan va suvlar qurib ketgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyga tegishli marsoxod Marsda qadimiy okean izlarini topdi