23:50 / 14.11.2024
41

Anjey Duda: “Tramp Ukrainani o‘z holiga tashlab qo‘ymaydi”

Anjey Duda: “Tramp Ukrainani o‘z holiga tashlab qo‘ymaydi”
Foto: “RIA Novosti”
Polsha prezidenti Anjey Duda X (sobiq Twitter) tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilishicha, AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Rossiyaga “Ukrainani yo‘q qilish” uchun imkon bermaydi, chunki Oq uyning yangi rahbari “yutqazishni yoqtirmaydi”.

Prezident Donald Tramp Rossiyaga AQSH soliq to‘lovchilarining mablag‘lari sarflangan Ukrainani yo‘q qilishga yo‘l qo‘yib berishini tasavvur qila olmayman. AQSH Ukrainaga juda katta miqdorda mablag‘ ajratgan”, deb yozdi Polsha rahbari.

Donald Tramp o‘zining saylovoldi chiqishlarida Ukrainadagi urushni 24 soat ichida to‘xtatishini bir necha bor aytgandi. Biroq buni qanday qilmoqchi ekaniga oydinlik kiritmagan.

Uning bayonotlari sabab Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasi hamon savol ostida. Bu esa, birinchi navbatda, Yevropa davlatlarini mavhumlik qarshisida qoldirmoqda.

Donald Tramp tug‘ma jangchi, u jang qilishni yaxshi ko‘radi va birinchi navbatda yutqazishni yoqtirmaydi”, dedi Duda.

Oq uy hokimiyat Donald Tramp ma’muriyatiga o‘tgunga qadar Ukrainaga imkon qadar ko‘proq harbiy yordam bermoqchi. Bu haqda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Bryusselda ma’lum qilgandi.

Trampning Ukraina bo‘yicha rejalari qanday?

Donald Tramp Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun maxsus vakil tayinlash niyatida.

Juda tajribali va qobiliyatli maxsus vakil tayinlanadi, unga tinchlik bitimini ilgari surish vazifasi yuklanadi”, dedi Fox News manbalaridan biri hamda tayinlov yaqin orada amalga oshishi mumkinligini ta’kidladi.

Taxminlarga ko‘ra, bu lavozim xuddi 2017 yildan 2019 yilgacha Ukraina bo‘yicha ixtiyoriy ravishda maxsus vakil bo‘lgan Kurt Volker kabi pul to‘lanmaydigan bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Anjey Duda: “Tramp Ukrainani o‘z holiga tashlab qo‘ymaydi”