13:42 / 15.10.2016
7 902

Tailandda bir yillik motam e’lon qilindi

Tailandda bir yillik motam e’lon qilindi

Tailand Qiroli 13 oktyabr kuni xastalik sabab shifoxonada vafot etdi.

Aholi Qirol Pxumipon Adulyadetning o‘limidan chuqur qayg‘uda. Tailand Qiroli payshanba kuni 88 yoshida vafot etdi. Uning vafoti munosabati bilan Tailandda bir yillik motam e’lon qilindi.

Bir oy davomida Tailand davlat bayrog‘i tushirib qo‘yiladi. Hukumat Juma – 14 oktyabr sanasini motam kuni, deb e’lon qildi. Davlat ishchilariga butun yil mobaynida qora libos kiyib yurish buyurildi. Motam ruhini aks ettirish maqsadida televideniedagi ko‘rsatuvlar oq-qora rangda efirga uzatiladi va gazetalar ham rangsiz sahifalar bilan nashr qilinadigan bo‘ldi.

“Bugun barchamiz qayg‘udamiz. Tailand xalqi uchun bu juda katta yo‘qotish. Uning buyukligi qalbimizda mangu qoladi”, deydi ko‘zlaridagi yoshni to‘xtatolmay bangkoklik ayol.

Qirol vafotidan so‘ng taxtga uning vorisi 63 yoshli Maxa Vachiralongkorn o‘tiradi.

Adulyadetning boshqaruvi davomida Tailandda 20 yaqin vazirlar o‘zgardi va shunga yaqin davlat to‘ntarishlari amalga oshirildi.

Qirolni ko‘mish marosimi bir yil mobaynida buddaviylik dini an’analariga muvofiq bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailandda bir yillik motam e’lon qilindi