O‘zbekistonlik erkak uyi devorini davlat bayrog‘i ranglariga bo‘yagani uchun ogohlantirilganini aytdi (video)

O‘zbekistonlik erkak o‘z uyi devorini mamlakat davlat bayrog‘i ranglariga bo‘yagani, shundan so‘ng uning oldiga profilaktika inspektorlari kelganini ma’lum qildi.
Erkakning aytishicha, inspektorlar unga ogohlantirish bergan. Hozirda u ushbu holat uchun jarimaga tortilishi mumkinligidan xavotirda.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, davlat bayrog‘i va uning tasviridan foydalanish belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak. Biroq uy devorini bayroq ranglariga bo‘yashning o‘zi ushbu holatda huquqbuzarlik deb topilgani yoki erkakka nisbatan jarima qo‘llanishi haqida rasmiy ma’lumot mavjud emas.






























Izohlar 0
…