
Foto: Mutsa Murombedzi/Twitter
Zimbabveda sherlar yashaydigan qoʻriqxonada besh kun davomida qolib ketgan sakkiz yoshli bola tirik holda topildi, deb xabar beradi BBC.
Mamlakat parlamenti a'zosining soʻzlariga koʻra, Tinotenda Pudu ismli bola uyidan 23 kilometr uzoqlikdagi Matusadona qoʻriqxonasiga sayrga borgan. Qoʻriqxona ichida adashib qolgan bola besh kun davomida sherlardan yashirinib, yovvoyi mevalarni tanovul qilgan holda omon qolgan.
Ta'kidlanishicha, Matusadona qoʻriqxonasida 40 ga yaqin sher mavjud. African Parks ma'lumotlarida keltirilishicha, ushbu qoʻriqxona qachonlardir Afrikadagi sherlarning eng zich populyatsiyasi kuzatilgan maskan boʻlgan.
Bola tirik qolish uchun yovvoyi tabiatda jon saqlash boʻyicha bilimlarini ishga solgan. Tinotenda ichimlik suv olish uchun tayoq yordamida quruq daryo oʻzanlarida kichik quduqlar qazigan — bunday usulni u qurgʻoqchil hududda yashagani bois oʻrgangan.
Nyaminyami mahalliy jamoati a'zolari qidiruv guruhini tashkil etib, har kuni doʻmbira chalgan holda bolaning uyga qaytishiga imkon yaratgan. Oxir-oqibat bolani qoʻriqxona kuzatuvchilari topishga muvaffaq boʻlgan.
Deputatning soʻzlariga koʻra, yovvoyi tabiatdagi «sayohati»ning beshinchi kunida Tinotenda mashina ovozini eshitib qolgan va u tomon yugurib borgan.
Qoʻriqxona maydoni 1470 kilometr kvadratdan ortiqni tashkil etib, u erda zebralar, fillar, begemotlar, sher va antilopalar yashaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar