
Foto: Getty images
Rossiya Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarida bosib olingan Lugansk, Donetsk, Zaporoje va Xerson viloyatlarini qaytarish masalasini muhokama qilmoqchi emas, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov TASS nashriga.
— Mamlakatimiz Konstitutsiyasida qayd etilgan ushbu hududlar Rossiya Federatsiyasining ajralmas qismidir. Bu mutlaqo inkor etib bo‘lmaydigan, shubhasiz fakt, — dedi Peskov.
Avvalroq, AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Ukraina tinchlik shartnomasini imzolashdan oldin mamlakatga “iloji boricha ko‘proq hududni qaytarishda” yordam berishini aytgan edi. Peskov esa bu taklifni rad etib, bunday imkoniyat yo‘qligini ta’kidladi.
Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bu borada qat’iy pozitsiyaga ega. Biroq bu, AQSh va Rossiyaning harbiy mojaroni hal qilish bo‘yicha siyosiy muloqot olib borishiga to‘sqinlik qilmaydi.
— Hech kim qarorlar oson va tez qabul qilinishini kutmayapti. Kun tartibimizdagi muammo nihoyatda murakkab. Ammo ikki davlat siyosiy iroda namoyon etib, bir-birini tinglashga tayyor bo‘lsa, muzokaralar jarayonidan o‘tishimiz mumkin, deb o‘ylayman, — deya qo‘shimcha qildi Peskov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar