
AQSH Savdo vaziri Hovard Lyutnik bir kun ichida 1000 ta «Oltin karta» sotilganini ma’lum qildi. Bu karta egalariga Qo‘shma Shtatlarda doimiy yashash huquqini va kelajakda Amerika fuqaroligini olish imkoniyatini taqdim etadi. All-In Podcasts podkastidagi intervyusida Lyutnik bu dasturga katta talab borligini ta’kidladi.
«Oltin karta» dasturi nima?
AQSH prezidenti Donald Tramp 2024 yil 25 fevral kuni mart oyida «Oltin karta» dasturi ishga tushirilishini e’lon qilgandi. Bu dastur boy investorlarga Amerikada yashash huquqini taklif etadi. Birta kartaning narxi taxminan 5 million dollar bo‘lib, Trampning ta’kidlashicha, AQSH ushbu kartalardan 1 million dona sotishi mumkin.
Savdo vaziri Lyutnikning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar «Oltin karta» sotishi mumkin bo‘lgan 37 million kishi bor. Bu asosan katta sarmoyaga ega bo‘lgan boy investorlar hisoblanadi.
Huquqiy jihatlar va xavflar
Lyutnik ta’kidlaganidek, AQSH rasmiylari kerakli holatlarda «Oltin karta»ni egasidan qaytarib olishi mumkin. Agar karta sohibining faoliyati xavfli yoki noqonuniy deb topilsa, uning doimiy yashash huquqi bekor qilinishi ehtimoli bor.
Talab va kelajakdagi imkoniyatlar
AQSH hukumati «Oltin karta» dasturi orqali katta sarmoyalarni jalb qilishni maqsad qilgan. Agar hukumat rejalari amalga oshsa, bu loyiha orqali milliardlab dollar investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotiga kiritilishi mumkin.
AQSHda yangi «Oltin karta» dasturi katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bir kun ichida 1000 ta karta sotilgani bu loyihaga jahon miqyosida talab katta ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, karta egalari AQSH qonunlariga to‘liq rioya qilishlari shart, aks holda ular yashash huquqidan mahrum qilinishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar