date
views 168

AQSHda sodir bo‘lgan halokat sabablaridan biri ma’lum qilindi

AQSHda sodir bo‘lgan halokat sabablaridan biri ma’lum qilindi
Joriy yilning 30 yanvar kuni Amerika poytaxti Vashington shahri osmonida yo‘lovchi samolyoti va AQSH armiyasiga tegishli Black Hawk vertolyoti o‘rtasida yuz bergan fojiali halokat sabablari aniqlandi, deb yozmoqda The New York Times ekspertlarning xulosalariga tayanib.

Ma’lum bo‘lishicha, Ronald Reygan milliy aeroporti nazorat markazida o‘sha kuni xodimlar soni yetarli bo‘lmagan va shu sababli samolyot hamda vertolyot harakatini kuzatish vazifasi birgina dispetcher zimmasiga yuklatilgan.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Black Hawk vertolyoti aeroportga yaqinlashgan paytda uchuvchilar dispetcherdan ko‘rsatma olmasdan, vizual boshqaruvga (qo‘lbola boshqarish) o‘tishga ruxsat so‘rashgan. Ushbu iltimos tasdiqlangan bo‘lsa-da, bu qaror halokatga olib kelgan asosiy sabablardan biri bo‘lgan.

Mutaxassislar vertolyot uchuvchisi Rebekka Lobax balandlikni pasaytirish bo‘yicha vertolyotdagi ikkinchi uchuvchi va mas’ul instruktordan bir necha bor ogohlantirish olishiga qaramay, ularga e’tibor qilmaganini ta’kidlashmoqda. Agar u balandlikni pasaytirib, o‘sha ogohlantirishlarni inobatga olganida, yo‘lovchi samolyoti bilan to‘qnashuvning oldi olinishi mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mudhish fojia oqibatida ikkala havo kemasi ham Potomak daryosiga qulab tushgan edi. Kanzas shtati tomonidan uchib kelayotgan samolyot bortida to‘rt nafar ekipaj a’zosi va 60 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Yo‘lovchilar orasida AQSHning figurali uchish bo‘yicha terma jamoasi sportchilari hamda ularning murabbiylari borligi ma’lum qilingan edi.

Black Hawk harbiy vertolyotida esa uch nafar harbiy xizmatchi bo‘lgan va afsuski, ikkala uchuvchi vositadagi insonlardan birontasi ham omon qolmagan.

Hozirda tergov jarayonlari davom etmoqda, ekspertlar ushbu halokat sabablarini yanada chuqurroq tahlil qilishmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda sodir bo‘lgan halokat sabablaridan biri ma’lum qilindi