8 860
Trampning g‘alabasi dunyoning eng boy odamlaridan biriga yana 11 mlrd dollar boylik keltirdi
Berkshire Hathaway xolding kompaniyasi egasi, dunyoning eng boy odamlaridan biri Uorren Baffettning boyligi AQSh prezidentligi saylovlarida Donald Tramp g‘olib bo‘lgandan keyin 11 mlrd dollarga ko‘paydi, deb xabar bermoqda Kun nashri.
Bu birinchi navbatda moliyaviy aktivlar aksiyalari narxining oshishi hisobiga yuz bergan. AQSh banklari aksiyalari narxi oshmoqda, chunki bozor Federal zaxira tizimining tayanch foiz stavkasini oshirishga va’dasi bilan umidlantirilgan. KBW
Nasdaq bank indeksiga ko‘ra, Tramp g‘alabasidan keyin AQSh banklari aksiyalari 13,5 foizga oshgan.
9 noyabrdan Berkshire Hathaway portfeliga kiruvchi moliyaviy kompaniyalar aktivlari Baffetga 4,3 mlrd dollar keltirgan. Milliarderning o‘z ixtiyorida bo‘lgan aksiyalar unga yana 3,8 mlrd dollar keltirgan.
Bundan tashqari, Baffet tomonidan 2011 yilda sotib olingan varrantlar unga Bank of America bankining 700 mln ta aksiyasini 7,14 dollardan sotib olish huquqini beradi. Bu bank aksiyalari 15 foizga oshgan, buning natijasida esa Baffet yana 3 mlrd dollar foyda ko‘rgan.
Tramp g‘alabasidan keyin eng badavlat odamlar ro‘yxatida 4-pog‘onaga tushib ketgan Baffet Zara asoschisi Amansio Ortega va Amazon.com asoschisi Jeff Bezosdan o‘tib ketib, yana 2-o‘ringa ko‘tarilib olgan. Baffetning o‘zi prezidentlik poygasi davomida Xillari Klinton nomzodini qo‘llab-quvvatlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi