Hansi Flick qoʻl ostidagi Barselona mavsumni rekord natijalar bilan boshladi

Hansi Flick qoʻl ostidagi Barselona mavsumni rekord natijalar bilan boshladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Hansi Flick boshqaruvidagi Barselona jamoasi La Liga va Chempionlar ligasi doirasidagi dastlabki yettita oʻyinning barchasida gʻalaba qozonib, klub tarixida mutlaq rekord oʻrnatdi.
  • Jamoa ushbu yettita uchrashuvda jami 33 ta gol urib, Barselona tarixida ilk bor mavsumning dastlabki yettita oʻyinida 30 tadan ortiq gol urishga erishdi.

Hansi Flick boshqaruvidagi Barselona jamoasi mavsumning yorqin startini amalga oshirib, klub tarixidagi eng yaxshi natijalarni qayd etdi va oʻzining hujumkor salohiyatini butunlay namoyon etmoqda. Racing Santander ustidan qozonilgan 7:2 hisobidagi yirik gʻalaba kataloniyaliklarning joriy mavsumdagi ustunligini yana bir bor tasdiqladi va jamoa oʻyinida yangi davr boshlanganini koʻrsatdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

ESPN maʼlumotiga koʻra, nemis mutaxassisi qoʻl ostida Barselona La Liga va Chempionlar ligasi doirasidagi dastlabki yettita oʻyining barchasida gʻalaba qozonib, mutlaq rekord oʻrnatdi. Bungacha klub oʻz tarixida mavsumni ketma-ket oltita gʻalaba bilan boshlagan xolos. Bu natija avval 1929–1930, 1960–1961 hamda 2018–2019 yilgi mavsumlarda qayd etilgan edi.

Golli yomgʻir va hujumkor futbol

Kataloniya klubi ichki chempionatdagi ishonchli oʻyinni xalqaro maydondagi yirik gʻalabalar bilan muvaffaqiyatli qoʻshib bormoqda. Xususan, Feyenoord darvozasiga javobsiz beshta gol urilgan boʻlsa, Racing Santander bilan bahsda raqib darvozasiga naqd yettita toʻp kiritildi. Natijada jamoaning dastlabki yettita uchrashuvdagi urgan gollari soni 33 taga yetdi.

ESPN xabar berishicha, bu Barselona tarixida ilk bor mavsumning dastlabki yettita oʻyinida 30 tadan ortiq gol urilishidir. Hansi Flick jamoasi raqiblarga oʻyin boshidanoq bosim oʻtkazib, uchrashuv taqdirini erta hal qilishga intilmoqda. Jamoa oʻtkazilgan yettita oʻyinning oltitasida hisobni ochgan yagona raqib Rayo Vallecano boʻldi, xolos.

Rafinya va Lionel Messi rekordlari

Hansi Flick taktikasida soxta toʻqqizinchi raqam rolida oʻynayotgan Rafinya jamoaning asosiy hujum quroliga aylandi. Racing Santander darvozasiga uchta gol urgan braziliyalik futbolchi joriy mavsumdagi barcha musobaqalar doirasida oʻz gollari sonini 11 taga yetkazdi.

Ushbu sermahsullik 29 yoshli vingerni klub afsonalari qatoriga olib chiqdi. ESPN qayd etishicha, Rafinya Lionel Messidan keyin (2017–2018 yilgi mavsumda) La Liganing dastlabki oltita uchrashuvida toʻqqizta gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Shuningdek, u Pichichi kubogi poygasida Real Madrid hujumchisi Kilian Mbappeni ikki golga ortda qoldirmoqda.

Soʻnggi 60 yillik tarixga nazar tashlansa, Barselona safida mavsumning dastlabki yettita oʻyinida kamida toʻqqizta gol urish faqatgina Lionel Messi va Ronaldo Nazarioga nasib etgan edi. Rafinya nafaqat gollar, balki Levante jamoasiga qarshi bahsdagidek muhim uzatmalar bilan ham jamoa gʻalabalariga ulkan hissa qoʻshmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar