date
views 178

Moskvada AQSH–Rossiya muzokaralari: Ikki tomonlama ziddiyatlarni bartaraf etishga urinish

Moskvada AQSH–Rossiya muzokaralari: Ikki tomonlama ziddiyatlarni bartaraf etishga urinish
Rossiya va AQSH o‘rtasidagi keskinlashgan munosabatlar fondasida, ikki davlat diplomatlari o‘zaro ziddiyatlarni yumshatish va munosabatlarni normallashtirish maqsadida muzokaralarni qayta yo‘lga qo‘ymoqda. Rossiyaning AQSHdagi elchisi Aleksandr Darchiyevning ma’lum qilishicha, ikki mamlakat “qo‘zg‘atuvchi omillarni” bartaraf etishga qaratilgan maslahatlashuvlarni Moskva va Vashingtonga ko‘chirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi.

Yaqin kunlarda Moskvada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi uchrashuv Istanbuldagi oldingi ikki raund davomida qabul qilingan qarorlarning mantiqiy davomi sifatida baholanmoqda. “Muhimi, oldinga intilish bor”, — dedi Darchiyev, har qancha ziddiyatlar bo‘lmasin, ikki tomon ham muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Elchining qayd etishicha, avvalgi maslahatlashuvlar 27 fevral va 10 aprel kunlari Turkiyada o‘tgan. Unda Rossiya delegatsiyasiga shaxsan Darchiyev, AQSH delegatsiyasiga esa davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Sonata Koulter boshchilik qilgan.

Shu bilan birga, Darchiyev AQSHdagi “chuqur davlat” va “lochinlar” deb ataluvchi kuchlarni bu jarayonga to‘siq bo‘layotgani haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kongressdagi ayrim kuchlar muzokaralarning samarasini pasaytirishga urinayotgani kuzatilmoqda.

Shu tariqa, Rossiya va AQSHning ikki yetakchi tashqi siyosiy arboblari o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga, balki global xavfsizlik va xalqaro barqarorlikka ham bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Endilikda diqqat markazida – Moskvada bo‘lib o‘tadigan uchrashuv va uning ehtimoliy natijalari bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada AQSH–Rossiya muzokaralari: Ikki tomonlama ziddiyatlarni bartaraf etishga urinish