Italiyaning Dolomit tog‘larida so‘nggi yillarda katta qoyalar tez-tez qulab tushmoqda. Ba’zan mashina kattaligidek tosh bo‘laklari pastga tushib, aholiga va sayyohlarga xavf tug‘diradi. Mutaxassislar buni tabiiy jarayon deb bilsa-da, iqlim o‘zgarishi ham bunday hodisalarni tezlashtirayotganini aytmoqda.
Dolomit tog‘lari tarkibi beqaror: ustida qattiq tosh, ostida esa yumshoq gil joylashgan. Shu sababli toshlar yoriq hosil qilib, asta-sekin sirpanib ketadi. 2004-yilda mashhur “Besh minora” qoyasidan biri qulab tushgandi, keyinchalik yana bir necha yirik qulashlar bo‘lgan.
Geologlarning aytishicha, yomg‘irlar va haroratning keskin o‘zgarishi qoyalarni tezroq yemiradi. Yomg‘ir suvi yoriqlarga kirib muzlaganda kengayadi va toshni sindiradi. So‘nggi o‘n yilliklarda kuchli yog‘ingarchilik ko‘paygani sababli qulashlar ham ortmoqda.
Mutaxassislar tog‘larni butunlay mustahkamlashning iloji yo‘qligini aytadi. Hozirda faqat maxsus kuzatuv va ogohlantirish tizimlari orqali xavfni kamaytirish choralari ko‘rilmoqda. Bu tizimlar yoriqlarni kuzatib, aholiga signal berishga yordam beradi.
Dolomit tog‘lari YUNESKO merosi hisoblanadi. Ularni qulashdan to‘xtatib bo‘lmaydi, ammo odamlar bunday hodisalarga tayyor bo‘lishi kerak. Shu bois, hudud aholisi va sayyohlarga xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish tavsiya qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar