Yulduz Usmonova konsertga kelmadi: Muxlislar 4 soat kutdi

Yulduz Usmonova konsertga kelmadi: Muxlislar 4 soat kutdi

Dreampark'da o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsert kutilmagan holat bilan yakunlandi. Tadbirning asosiy mehmoni sifatida kutilayotgan O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova konsertga kelmagani aytilib, bu holat ko‘plab muxlislarning noroziligiga sabab bo‘ldi.

Dreampark xodimlari ma’lum qilishicha, bunday vaziyat o‘tgan yili ham kuzatilgan. O‘shanda Yulduz Usmonova o‘rniga tezkorlik bilan Ozodbek Nazarbekov taklif qilinib, konsert dasturi davom ettirilgan.

Bu yil ham shunga o‘xshash holat takrorlangan. Ijtimoiy tarmoqlardagi videolar izohlarida ayrim tomoshabinlar san’atkorni kutib, to‘rt soatga yaqin tik oyoqda turganini va uning kelmaganidan qattiq xafa bo‘lganini yozishgan.

Tashkilotchilar yig‘ilgan muxlislarning kayfiyatini ko‘tarish va konsertni davom ettirish maqsadida xonanda Ziyodani taklif qilishgan. Shuningdek, ular muxlislardan yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘rab, video murojaat bilan chiqishgan.

Biroq bu voqeada asosiy savol ochiqligicha qolmoqda: muxlislardan kim uzr so‘rashi kerak edi — konsertni tashkil qilganlarmi, san’atkorning ma’muriyati yoki san’atkorning o‘zi?

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar