date

Tramp: AQSH Xitoy tufayli Hindiston va Rossiyani yo‘qotdi

Tramp: AQSH Xitoy tufayli Hindiston va Rossiyani yo‘qotdi

AQSH prezidenti Donald Tramp yangi bayonotida o‘z mamlakati global maydonda jiddiy yo‘qotishlarga duch kelganini aytib o‘tdi. Oq uy rahbarining ta’kidlashicha, Vashington Xitoy ta’siri ortidan Hindiston va Rossiyani «yo‘qotganga o‘xshaydi».

Tramp ijtimoiy tarmoqda yozgan postida:

— «Biz Hindiston va Rossiyani eng dahshatli va tubsiz Xitoy tufayli qo‘ldan boy berdik. Ularning birgalikda uzoq va farovon kelajakka erishishlarini tilayman», — deb qayd etdi.

U o‘z bayonotiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy raisi Si Jinping va Hindiston bosh vaziri Narendra Modining qo‘shma suratlarini ham ilova qildi.

Ma’lumki, bu uch rahbar bir necha kun oldin Xitoyning Tyanjin shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida uchrashgan edi. Sammitda Putin va Si Jinping AQSH hamda Yevropaning hukmronligisiz yangicha «ko‘p qutbli dunyo tartibi» g‘oyasini yana bir bor ilgari surdi. Ularning chaqiriqlari Vashingtonning global jarayonlardagi markaziy rolini cheklashni nazarda tutadi.

Tramp esa bu jarayondan xavotirga tushmayotganini ta’kidlab, oldinroq Xitoy va Rossiyaning AQSHga qarshi birlashishi unga «umuman xavf tug‘dirmasligini» aytgandi. Uning fikricha, bu davlatlar hech qachon AQSHga qarshi harbiy kuch ishlatishga bormaydi.

— «Agar ular shunday yo‘l tutsa, bu o‘zlari uchun eng yomon variant bo‘ladi», — degan edi Tramp 2 sentyabr kungi chiqishida.

Shunday qilib, AQSH, Xitoy, Rossiya va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlar yanada murakkablashayotgani ko‘rinayotir. Geosiyosiy sahnadagi bunday keskin o‘zgarishlar kelajakda jahon tartibining yangi yo‘nalishini belgilab berishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: AQSH Xitoy tufayli Hindiston va Rossiyani yo‘qotdi