date

Germaniya Isroilga qurol-yarog‘ yetkazish taqiqini bekor qildi

Germaniya Isroilga qurol-yarog‘ yetkazish taqiqini bekor qildi

Germaniya hukumati avgust oyida joriy etilgan Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berish embargosini rasman bekor qildi. DPA agentligining ma’lum qilishicha, qaror 24 noyabrdan kuchga kiradi. Bu haqda hukumat vakili Shtefan Kornelius bayonot bergan.

Uning aytganicha, ayrim turdagi qurollarga qo‘yilgan cheklovlar hozirgi geosiyosiy sharoitda ahamiyatini yo‘qotgan. Qaror qabul qilinishidagi asosiy omillardan biri sifatida 10 oktyabrdan amal qilayotgan Isroil va HAMAS o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi tilga olingan.

Avvalroq G‘azodagi harbiy harakatlar Germaniya jamoatchiligida jiddiy norozilikka sabab bo‘lgan va u genotsid sifatida baholangan edi. Shundan so‘ng hukumat Isroilga qurol yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatgandi.

Yangi qaror bilan Berlin rasmiylari vaziyat barqarorlashganini hisobga olgan holda cheklovlarni bekor qilishga qaror qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya Isroilga qurol-yarog‘ yetkazish taqiqini bekor qildi