date

Avstraliyadan qaytishdi: Eron ayollar termasi jamoasi atrofida shov-shuv...

Avstraliyadan qaytishdi: Eron ayollar termasi jamoasi atrofida shov-shuv...

Seshanba oqshomida Eron ayollar terma jamoasining siyosiy boshpana so‘ramagan a’zolari Avstraliyani tark etib, vatan tomon yo‘l oldi. Biroq bu oddiy “delegatsiya uyga qaytdi” degan xabar emas — jamoa atrofidagi voqealar oxirgi kunlarda haqiqiy dramatik manzaraga aylanib ketdi.

Avvalroq jamoaning 5 nafar futbolchisi mahalliy politsiya yordamida mehmonxonadan chiqib ketgani va ularga Avstraliya tomonidan gumanitar vizalar berilgani ma’lum bo‘lgan edi. Keyinchalik yana ikki nafar sportchi ham boshpana so‘ragani haqida xabarlar tarqadi. Shu bilan birga, boshpana olganlardan biri oxir-oqibat fikrini o‘zgartirib, baribir Eronga qaytishni tanlagani aytiladi.

Tahdid va norozilik to‘lqini

Vaziyatni yanada keskinlashtirgan jihat — Eron davlat televideniyesi efirlaridagi qattiq bayonotlar. Xususan, boshlovchi Muhammad Rizo Shahboziy madhiya kuylamagan qizlarni keskin qoralab, “urush paytida xoinlarga nisbatan qattiqroq munosabat kerak” mazmunida gapirgani haqida xabar qilingan. Shu gaplar fondida sportchilarning xavfsizligi masalasi yanada “qizib” ketdi.

ESPN va boshqa manbalarga ko‘ra, jamoa kuzatuvi mehmonxona oldida ham, aeroport atrofida ham norozilik namoyishlari bilan kechgan. Avstraliyada yashovchi eronliklar sportchilar vatanga qaytgach, ularga bosim bo‘lishi mumkinligidan xavotir bildirib, hatto ularning uchib ketishiga to‘sqinlik qilishga ham uringani aytilmoqda.

Aeroportdagi “oxirgi taklif”

Manbalarda keltirilishicha, futbolchilar Avstraliya chegara nazoratidan o‘tayotganda mahalliy rasmiylar va tarjimonlar har bir qizni kuzatuvchilarsiz, yakka tartibda chetga chaqirib, siyosiy boshpana variantini taklif qilgan. Ayrim qizlar bu masalani muhokama qilish uchun Erondagi yaqinlariga qo‘ng‘iroq qilgani ham aytilyapti. Ammo yakunda delegatsiyaning qolgan qismi Avstraliyada qolishni xohlamagan va yo‘lga chiqqan.

Qisqasi, bu voqea sportdan ancha kattaroq mavzularni ochib yubordi: xavfsizlik, bosim, tanlov erkinligi va oila omillari. Endi eng asosiy savol — vatanga qaytgan futbolchilarga nisbatan keyin nima bo‘ladi? Shu nuqta hali ham ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘yyapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyadan qaytishdi: Eron ayollar termasi jamoasi atrofida shov-shuv...