Markaziy Osiyo yozida kuchli yomg‘irlar xavfi ortishi mumkin

Markaziy Osiyo yozida kuchli yomg‘irlar xavfi ortishi mumkin

Ekvator atrofidagi Tinch okeani suvlarining isishi va Markaziy Osiyodagi ob-havo o‘rtasida qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin? Bir qarashda bu ikki hudud bir-biridan juda uzoq va aloqasizdek tuyuladi. Ammo 2026 yil yozida ushbu tabiiy jarayonlar o‘zaro ta’sir qilishi ehtimoli aytilmoqda.

BMTning Butunjahon meteorologiya tashkiloti yaqin oylarda sayyoramizda kuchli iqlimiy siljish — El Nino anomaliyasi faollashishi mumkinligini prognoz qildi. Mutaxassislarga ko‘ra, bu hodisa global ob-havo tizimlariga ta’sir ko‘rsatib, ayrim mintaqalarda harorat, namlik va yog‘ingarchilik miqdorini keskin o‘zgartirishi mumkin.

Inson faoliyati bilan bog‘liq antropogen omillar tufayli atmosfera va gidrosfera allaqachon yuqori darajada isib ketgan. Shuning uchun El Nino kabi tabiiy iqlimiy hodisalar yanada kuchliroq oqibatlarga olib kelishi mumkin. Joriy yozda Markaziy Osiyo mintaqasi ham shunday ta’sir doirasiga tushishi ehtimoli bor.

Prognozlarga ko‘ra, Markaziy Osiyo AQSH janubi bilan bir qatorda kuchli va vayronkor yomg‘irlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan asosiy hududlardan biri sifatida tilga olinmoqda. Bu esa sel, suv toshqini, qishloq xo‘jaligiga zarar va transport infratuzilmasida muammolar xavfini oshirishi mumkin.

Okean ortida boshlangan tabiiy jarayon qanday qilib mintaqamiz iqlimiy muvozanatiga ta’sir qilishi mumkin? Asosiy savol shunda: global iqlim tizimidagi bir o‘zgarish boshqa mintaqalarda ham zanjirli reaksiyani yuzaga keltiradi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Markaziy Osiyo yozida kuchli yomg‘irlar xavfi ortishi mumkin – Zamin.uz, 04.06.2026