“Tarvuzlar qo‘riqchisi” deb nom olgan mushuk internetni zabt etdi!

Tailanddagi tarvuz fermasida yashovchi Perl ismli mushuk ijtimoiy tarmoqlarda kutilmaganda mashhurlikka erishdi.
Tarqalgan suratlarda u tarvuzlar orasida juda jiddiy qiyofada o‘tirgani aks etgan. Foydalanuvchilar uni hazil tariqasida fermani nazorat qilayotgan “inspektor” va “tarvuzlar qo‘riqchisi” deb atashmoqda.
Aslida Perl hech qanday qo‘riqchi emas. Ammo uning salobatli ko‘rinishi va mas’uliyatli holatda o‘tirishi internet foydalanuvchilariga juda manzur bo‘ldi.
Suratlar qisqa vaqt ichida keng tarqalib, Perlni dunyo bo‘ylab mashhur mushuklardan biriga aylantirdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…