Otacining nafaqasini olish uchun jasadini muzlatgichda saqlagan erkak qo‘lga olindi

Gretsiyada 55 yoshli erkak 90 yoshli otasining jasadini ikki yarim yil davomida mehmonxona yerto‘lasidagi muzlatgichda yashirib, uning nafaqasini olishda davom etgani gumon qilinib qo‘lga olindi. Nafaqadagi o‘qituvchi tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan, jasadida zo‘ravonlik alomatlari aniqlanmagan. Erkakka firibgarlik, yolg‘on ma’lumot berish va qurol saqlash qoidalarini buzish bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.
Gretsiyada 55 yoshli erkak 90 yoshli otasining nafaqasini olishda davom etish maqsadida uning jasadini ikki yarim yil davomida mehmonxona yerto‘lasidagi muzlatgichda yashirib kelganlikda gumon qilinib qo‘lga olindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, nafaqadagi o‘qituvchi tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan va uning o‘limida zo‘ravonlik alomatlari aniqlanmagan. Erkakka firibgarlik, yolg‘on ma’lumot berish hamda qurol saqlash qoidalarini buzish bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgani aytilmoqda.
Shunga o‘xshash holatlar boshqa davlatlarda ham qayd etilgan.
Masalan, Italiyada 2024 yilda Kalyari yaqinida 54 yoshli erkak 78 yoshli onasining jasadini qariyb ikki yil davomida uyidagi muzlatgichda saqlagani aniqlangan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u ayolning vafot etganini yashirib, uning nafaqasini olishda davom etgan. Keyinchalik o‘tkazilgan ekspertiza ayol tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etganini ko‘rsatgan.
Buyuk Britaniyada esa 2026 yil avgust oyida 60 yoshli Kristofer Fillips onasi Silviya Fillipsning jasadini qariyb uch yil davomida uyidagi muzlatgichda saqlab, uning pensiyasi va boshqa ijtimoiy to‘lovlarini olishda davom etgani uchun sudlangan. Ayol 2023 yil mart oyida vafot etgan, uning jasadi esa 2026 yil fevralida politsiya tomonidan aniqlangan. Fillips 78 ming funtdan ortiq mablag‘ni noqonuniy olganini tan olgan va sud uni ikki yil to‘rt oyga ozodlikdan mahrum qilgan.






























Izohlar 0
…