Kaliforniyada syorfchi itlar o‘rtasida chempionat bo‘lib o‘tdi

Kaliforniyada syorfchi itlar o‘rtasida chempionat bo‘lib o‘tdi
Qisqacha

Kaliforniyaning Pacifica shahridagi Linda Mar sohilida 1 avgust kuni World Dog Surfing Championships musobaqasining 10-yubiley bahslari o'tkazildi. Unda 20 ga yaqin it qatnashib, doskada muvozanatni saqlashi, to'lqinlarni boshqarishi va o'ziga xos uslubi, shuningdek, egalari bilan birga syorfing qilishi bo'yicha baholandi.

AQSHning Kaliforniya shtatida noodatiy va qiziqarli musobaqalardan biri — World Dog Surfing Championships'ning 10-yubiley bahslari o‘tkazildi. Bellashuv 1 avgust kuni Pacifica shahridagi Linda Mar sohilida tashkil etilib, unda 20 ga yaqin it to‘lqinlar ustida o‘z mahoratini namoyish etdi.

Musobaqada itlarning doskada muvozanatni saqlashi, to‘lqinlarni qanday boshqarishi va o‘ziga xos uslubi hakamlar tomonidan baholandi. Shuningdek, itlarning yakka chiqishlari bilan bir qatorda, egalari bilan birga syorfing qilishi ham alohida toifalarda ko‘rib chiqildi.

Bu yilgi bahslarda Rippin Rosie laqabli labrador alohida ajralib turdi. U yirik va juda yirik itlar toifasida birinchi o‘rinni egalladi, shuningdek, egasi bilan SUP yo‘nalishida ham g‘olib bo‘ldi. Rosie kuchli to‘lqinlar sharoitida “Spirit of Surfing” mukofotiga ham sazovor bo‘ldi.

Musobaqa davomida tomoshabinlar nafaqat syorfchi itlarni kuzatdi, balki uy hayvonlarini asrab olish va ularning salomatligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ham ishtirok etdi. Tashkilotchilar chempionatni sport va ko‘ngilochar tadbirdan tashqari, hayvonlarga yordam beruvchi xayriya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maydoni sifatida ham o‘tkazib kelmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar