Qozog‘istonda yoqilg‘i quyush shahobchasida mashina ichidagi odamlar bilan birga yonib ketdi

Qozog‘istonda yoqilg‘i quyush shahobchasida mashina ichidagi odamlar bilan birga yonib ketdi
Qisqacha

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan avtomobil yong‘ini oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Ma'lum qilinishicha, qurbonlarning ikki nafari voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan. Shuningdek, yana bir kishi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda mutaxassislar tomonidan ushbu hodisa sabablari o‘rganilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi gaz quyish shoxobchasida avtomobil yonib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lganlarning ikki nafari voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan.

Yong‘in taxminan 8 daqiqa ichida o‘chirilgan va olovning atrofga tarqalib ketishiga yo‘l qo‘yilmagan.

Yong‘in bartaraf etilgach, avtomobil salonidan 3 nafar kishining jasadi topilgan. Yana bir kishi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda va tergov ishlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar