Deputat uyidan 57 million dollar va oltindan ichki kiyim topildi

Deputat uyidan 57 million dollar va oltindan ichki kiyim topildi

Iroqda parlament deputati Hind al-Abbasining uyida o‘tkazilgan tintuv davomida topilgan boyliklar mamlakatda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Mahalliy manbalarga ko‘ra, tezkor tadbir vaqtida uy ichidan 57 million dollar naqd pul, 27 kilogramm oltin hamda sof oltindan tayyorlangan ayollar ichki kiyimi aniqlangan.

Bu haqda Haberler va Shafaq News kabi bir nechta nashrlar xabar berishdi.

Tergov organlarining ma’lum qilishicha, aniqlangan barcha pul mablag‘lari va qimmatbaho buyumlar daliliy ashyo sifatida musodara qilingan. Mazkur holat yuzasidan keng ko‘lamli tergov harakatlari davom etmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Hind al-Abbasi bilan bir qatorda yana 46 nafar shaxs korrupsiya, noqonuniy boylik orttirish va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumonlanib hibsga olingan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu ish doirasida musodara qilingan boyliklarning kelib chiqishini o‘rganmoqda. Tergov yakunlariga ko‘ra, gumonlanuvchilarning aybi sudda to‘liq isbotlansa, ularga umrbod ozodlikdan mahrum qilish hamda noqonuniy orttirilgan mol-mulkni to‘liq musodara qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Mazkur voqea Iroqda korrupsiyaga qarshi kurash doirasidagi eng shov-shuvli ishlardan biri sifatida keng muhokama qilinmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar