Kubik Rubik ko‘zi bog‘liq holda 11,56 soniyada yechildi

Amerikalik spidkuber Tommi Cherri Kubik Rubikni ko'zi bog'liq holda 11,56 soniyada yechib, jahon rekordini yangiladi. 21 yoshli Cherri bu natijani 2026 yil 28 iyun kuni AQSHning Nyu-Jersi shtatida o'tkazilgan musobaqada qayd etdi. U avstraliyalik Charli Egginsning 11,67 soniyalik rekordini 0,11 soniyaga yaxshiladi. Cherri bu yo'nalishda rekordni avval ham bir necha bor yangilagan va ilk bor 2021 yilda 15,27 soniya natija bilan jahon rekordini o'rnatgan.
Amerikalik spidkuber Tommi Cherri Kubik Rubikni ko‘zi bog‘langan holda 11,56 soniyada yechib, jahon rekordini yangiladi.
21 yoshli Cherri bu natijani 2026 yil 28 iyun kuni AQSHning Nyu-Jersi shtatida o‘tkazilgan musobaqada qayd etgan. Shu tariqa u avstraliyalik Charli Egginsning 11,67 soniyalik rekordini 0,11 soniyaga yaxshiladi.
Qizig‘i, Cherri Kubik Rubikni ko‘zi bog‘liq holda yechish bo‘yicha rekordni avval ham bir necha bor yangilagan. U ilk bor 2021 yilda 15,27 soniya natija bilan jahon rekordini o‘rnatgan.
Bunday musobaqalarda ishtirokchi avval aralashtirilgan kubikni diqqat bilan eslab qoladi, so‘ng ko‘zini bog‘lab, uni xotirasi asosida yechadi. Shuning uchun natija tezlikdan tashqari kuchli xotira va diqqatni ham talab qiladi.






























Izohlar 0
…