Tog‘ sheri hujumida ayol halok bo‘ldi: 1999 yildan beri ilk fojia

AQSHning Kolorado shtatida tabiat qo'ynida sayr qilgan ayol tog' sherining kamyob hujumi oqibatida halok bo'ldi. Hodisa Larimer okrugidagi Krozer-Mauntin sayr yo'lida Yangi yil kuni soat 12:15 atrofida sodir bo'lgan. Hujumga aloqador bo'lishi mumkin bo'lgan ikki tog' sheri topilib, aholi xavfsizligini ta'minlash maqsadida yo'q qilingan. Mutaxassislar ikki sherdan faqat biri hujumda ishtirok etgan bo'lishi ehtimolini ham inkor qilmayapti.
AQSHning Kolorado shtatida tabiat qo‘ynida sayr qilgan ayol tog‘ sherining kamyob hujumi oqibatida halok bo‘ldi. Mazkur fojia shtatda so‘nggi o‘nlab yillarda kuzatilgan eng jiddiy voqealardan biri sifatida qayd etilmoqda.
Hodisa Larimer okrugidagi Krozer-Mauntin sayr yo‘lida sodir bo‘lgan. Yangi yil kuni soat 12:15 atrofida yo‘ldan o‘tayotgan sayyohlar yerda harakatsiz yotgan odam va uning yaqinida turgan tog‘ sherini ko‘rib qolgan.
Guvohlar hayvonga yaqinlashib, uni tosh otib qo‘rqitishga uringan. Shundan so‘ng yirtqich hududni tark etgan. Ulardan biri shifokor bo‘lgani uchun jabrlanuvchini tekshirgan, ammo uning yurak urishini aniqlay olmagan.
Shundan keyin hodisa joyiga Kolorado Parklar va Yovvoyi tabiat xizmati xodimlari, politsiya, park qo‘riqchilari hamda ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan. Qidiruv ishlariga vertolyotda hududni o‘rganayotgan shtat biologi ham jalb qilingan.
Mutaxassislar tog‘ sherlarini aniqlashda maxsus itlardan ham foydalangan. Natijada hujumga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan ikki tog‘ sheri topilib, yo‘q qilingan.
Yovvoyi tabiat mutasaddilari hayvonlarning biri hodisa joyida otilganidan keyin qochib ketganini, keyinroq topilib, qayta otilganini ma’lum qildi. Ikkinchi tog‘ sheri esa voqea joyiga yaqin hududdan aniqlangan.
Qoidalarga ko‘ra, insonga hujum qilgan deb gumon qilingan yovvoyi hayvonlar aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘q qilinadi. Shu bilan birga, mutaxassislar ikki sherdan faqat biri hujumda ishtirok etgan bo‘lishi ehtimolini ham inkor qilmayapti.






























Izohlar 0
…