Ferrari elektromobili 40 million dollarga sotilib rekord qo‘ydi

Ferrari brendining ilk elektromobili Luce'ning nolinchi seriya raqamli nusxasi auksionda 40 million dollarga sotildi. Bu narx avtomobilning rasmiy qiymatidan qariyb 62 baravar yuqori bo'lib, xaridor 87 yoshli milliarder Herbert Vertxaym bo'ldi. Uning buyurtmasi asosida tayyorlangan avtomobil Madreperla tusiga va oq-qora rangdagi salonga ega. Kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan barcha Luce avtomobillari allaqachon sotib bo'lingan.
Ferrari brendining tarixida yangi sahifa ochildi. Kompaniyaning ilk elektromobili Luce'ning birinchi seriyali nusxasi auksionda kutilganidan ancha yuqori narxga sotilib, e’tibor markaziga chiqdi.
Avtomobil savdoda 40 million dollarga baholangan. Bu uning rasmiy narxidan qariyb 62 baravar qimmat degani. Shu tariqa Ferrari'ning yangi elektromobili auksiondagi rekord darajadagi narxi bilan avtomobil ishqibozlarini hayratga soldi.

Nolinchi seriya raqamiga ega bo‘lgan eksklyuziv avtomobilni 87 yoshli milliarder Herbert Vertxaym xarid qilgan. Uning buyurtmasi asosida tayyorlangan Luce o‘ziga xos Madreperla tusi va oq-qora rangdagi saloni bilan ajralib turadi.
Ferrari Luce bir necha oy avval keng jamoatchilikka namoyish etilgan edi. Yangi modelning tashqi ko‘rinishi avtomobil muxlislari o‘rtasida turli fikrlar va bahslarga sabab bo‘lgan.

Shunga qaramay, modelga bo‘lgan qiziqish juda yuqori bo‘lib chiqdi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan barcha Luce avtomobillari allaqachon sotib bo‘lingan.
Shunday qilib, Ferrari'ning elektr davrini boshlab bergan Luce nafaqat yangi texnologiyalari, balki auksiondagi fantastik narxi bilan ham tarixga kirdi. 40 million dollarlik savdo esa ushbu avtomobilni oddiy yangi model emas, haqiqiy kolleksion buyumga aylantirdi.






























Izohlar 0
…