Harri Keyn Angliya Premyer-ligasiga qaytish fikridan qaytdi

Bavariya hujumchisi Harri Keyn Germaniyadagi faoliyatidan so'ng Angliya Premyer-ligasiga qaytish istagi ancha susayganini aytdi. U Myunxenda o'zini baxtli his qilayotganini va Alan Shirerning 260 ta golli rekordini yangilash uchun ortiq shoshilmayotganini bildirdi. 33 yoshli futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 51 ta o'yinda 61 ta gol urdi va Bavariya bilan yangi shartnoma imzolash bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Myunxenning Bavariya klubi hujumchisi Harri Keyn Germaniyadagi faoliyatidan soʻng Angliya Premyer-ligasiga qaytish istagi ancha susayganini maʼlum qildi. Goal.com xabar berishicha, Angliya terma jamoasi sardori Alan Shirerning tarixiy rekordini yangilash uchun ortiq shoshilmayotganini vamyunxenliklar safida yangi shartnoma imzolashga yaqin turganini tan oldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Eslatib oʻtamiz, 2023-yilda hujumchi Tottenxem safidan 86,4 million funt sterling evaziga Bavariya klubiga koʻchib oʻtgandi. Oʻshanda koʻpchilik futbolchi Angliya chempionatidagi 213 ta goliga yana gol qoʻshib, Alan Shirerning 260 ta golli rekordini yangilashi va Premyer-ligaga albatta qaytishini taxmin qilgan edi.
Myunxendagi hayot va yangi qarashlar
Chorshanba kuni Yevropa "Oltin butsasi" sovrinini qabul qilib olgach, Harri Keyn oʻzining kelajakdagi rejalari haqida ochiq gapirdi. Uning soʻzlariga koʻra, dastlab Germaniyaga kelganida qachonlardir ortga qaytishini oʻylagan, biroq vaqt oʻtib bu istar butunlay oʻzgargan.“Dastlab ketganimda, albatta, qachondir qaytaman deb oʻylagandim. Ammo endi bu ishtiyoq unchalik yoʻq. Myunxenda oʻzimni juda baxtli hisaplayapman. Bu yer menga Angliyadan tashqaridagi boshqa futbol olamini ochib berdi va Yevropa futbolini yanada koʻproq qadrlashimga sabab boʻldi”, — dedi futbolchi.
Vensan Kompani qoʻl ostidagi yuksalish
Oʻtgan mavsum Vensan Kompani boshchiligidagi jamoa safida barcha musobaqalarda 51 ta oʻyinda 61 ta gol urgan 33 yoshli hujumchi nafaqat individual natijalari, balki Myunxendagi oilaviy muhiti bilan ham mamnunligini bildirdi. Dastlabki toʻrt yillik shartnomasining oxirgi yiliga qadam qoʻygan futbolchi Bavariya bilan hamkorlikni uzaytirish boʻyicha muzokaralarga kirishgani aytilmoqda.Keyn bosh murabbiy Vensan Kompani uning oʻyinini yangi bosqichga olib chiqqanini taʼkidladi. Himoya va hujumdagi taktik intizom, shuningdek, futbolchilarga maydonda keng erkinlik berilish uning faoliyatidagi eng samarali davrni boshlab bergan.
“Oʻylaymanki, bu mening faoliyatimimdagi shubhasiz eng yaxshi versiya. Oʻtgan mavsum buni yaqqol koʻrsatib turibdi”, — deya yakunladi futbolchi.






























Izohlar 0
…