Singapurda erkak qizining boshini silagan qariyaga tashlandi

Singapurda erkak qizining boshini silagan qariyaga tashlandi
Qisqacha

Singapurda 40 yoshli erkak qizining boshini silagan 73 yoshli Yeo Song Hunni tortishuv paytida qo‘lidan ushlab, yerga yiqitgani ortidan tergov boshlandi. Hodisa savdo markazining ovqatlanish hududida yuz bergan va videokuzatuv kameralariga tushgan. Yeo Song Hun qizaloqni yoqimtoy deb bilgani uchun mehr ko'rsatish maqsadida uning boshini silaganini aytgan.

Singapurda 40 yoshli erkak qizining boshini silagan 73 yoshli erkakka hujum qilib, uni yerga yiqitgani ortidan tergov boshlandi.

Hodisa savdo markazidagi ovqatlanish hududida yuz bergan. Videokuzatuv kameralariga tushgan tasvirlarda keksa erkak qizaloq yonidan o‘tayotib, uning boshini silagani, shundan so‘ng bolaning onasi uni to‘xtatgani ko‘rinadi. Keyin esa qizaloqning otasi keksa erkak bilan tortishib, uning qo‘lidan ushlab yerga yiqitgan.

Mahalliy manbalarga ko‘ra, jabrlanuvchi Yeo Song Hun ismli erkak bo‘lib, u qariyb 40 yildan buyon mazkur savdo markazida kafe boshqarib keladi. Uning aytishicha, qizaloqni yoqimtoy deb bilgani uchun mehr ko‘rsatish maqsadida boshini silagan. Biroq bu harakat bolaning otasi tomonidan boshqacha talqin qilingan.

Hodisadan keyin keksa erkak belida kuchli og‘riq sezgani sababli shifokorga murojaat qilgan. Uning oilasi ma’lum qilishicha, Yeo avvaldan oyog‘i va sonidagi jarohatlar tufayli qiynalib yurgan.

Voqea yuzasidan huquq-tartibot idoralari tekshiruv olib bormoqda. Erkakka hujum qilgan shaxs aniqlangan, uning keyingi taqdiri tergov natijalariga ko‘ra hal qilinadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar