Tungi ommaviy hujum: Rossiyaning 16 regioniga 800 dan ortiq dron uchirildi

2 daqiqa o'qish729
Tungi ommaviy hujum: Rossiyaning 16 regioniga 800 dan ortiq dron uchirildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 16 avgustga o'tar kechasi Rossiyaning 16 ta regioni va Qrim hududida havo hujumidan mudofaa kuchlari jami 822 ta dronni to'xtatdi.
  • Rostov viloyatida 150 dan ortiq dron va raketa urib tushirildi, biroq 5 kishi halok bo'ldi, Moskva yo'nalishida esa 600 ta dron uchirilib, shundan 201 tasi urib tushirildi.
  • Hujumlar oqibatida Podolskdagi 250 ming kv. metrlik Wildberries ombori yonib ketdi, Domodedovodagi 56 ming kv. metrlik farmatsevtika ombori to'liq vayron bo'ldi.

16 avgustga o‘tar kechasi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshilikda eng yirik va shiddatli dron hamda raketa hujumlaridan biri qayd etildi. Ikkala tomon ham bir vaqtning o‘zida muhim harbiy-sanoat korxonalari, logistika markazlari va energetika obyektlariga ommaviy zarbalar berdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatning 16 ta regioni va Qrim hududi bo‘ylab havo hujumidan mudofaa kuchlari jami 822 ta dronni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan.

Rostovdagi harbiy kombinat va Moskva viloyatidagi yirik yong‘inlar

Rossiya hududida eng og‘ir zarbalar Moskva va Rostov viloyatlariga to‘g‘ri keldi:

  • Rostov viloyatidagi talafot: Region rahbari Yuriy Slyusar 150 dan ortiq dron va raketalar urib tushirilganini, biroq hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Kamensk-Shaxtinskiy shahrida «Uragan», «Smerch» va «Tornado-S» tizimlari uchun qattiq yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi «Kamenskiy» kombinati nishonga olinganini tasdiqladi;

  • Moskva yo‘nalishiga 600 ta dron: Poytaxt meri Sergey Sobyaninning xabar berishicha, viloyat yo‘nalishida 600 ta dron uchirilgan, shundan 201 tasi urib tushirilgan. Moskva viloyatida bir nafar 83 yoshli erkak halok bo‘lgan, kamida uch kishi yaralangan, MKAD hududida ham uch kishi jarohat olgan;

  • Wildberries'ning eng yirik ombori yonib ketdi: Podolskdagi «Koledino» sanoat parkida joylashgan 250 ming kv. metrlik markaziy logistika ombori dron kelib urilishi ortidan yonib ketdi. Bu mazkur majmuaga uyushtirilgan ikkinchi hujum bo‘lib, kompaniya logistik zanjirlarini shoshilinch qayta tuzishga majbur bo‘ldi. Shuningdek, Podolskdagi 110 ta xususiy uy elektrsiz qoldi;

  • Domodedovodagi dori-darmon ombori: Hujum natijasida Domodedovo shahridagi 56 ming kv. metrlik yirik farmatsevtika ombori to‘liq vayron bo‘ldi.

Ukraina shaharlariga zarbalar: 30 yillik kitob bozori va «ArselorMittal» kombinati

Rossiya Qurolli kuchlari ham tun davomida Ukrainaning Kiyev, Dnepropetrovsk va Poltava viloyatlariga zarbdor dronlar va qanotli raketalar bilan javob zarbalarini yo‘lladi:

  • Kiyevdagi «Pochayna» bozori: Poytaxtda 1997 yildan buyon faoliyat yuritib kelgan mashhur kitob va savdo pavilonlari, shuningdek, metro bekatiga kirish joyi zarba ostida qolib, butunlay yonib ketdi;

  • Kriviy Rihdagi yo‘qotishlar: «ArselorMittal» kon-metallurgiya korxonasiga uyushtirilgan raketa zarbasi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi jarohatlandi (11 nafari shifoxonada). Ishlab chiqarish jarayonlari qisman to‘xtatilgan;

  • Rossiya Mudofaa vazirligi izohi: Rossiya tomoni Kiyevda «Flamingo» raketalari va zarbdor dronlar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi «Fayer Point» korxonasi, Kriviy Rihdagi metallurgiya sexlari hamda Kremenchug neftni qayta ishlash zavodi nishonga olinganini bildirdi.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?