Komaga tushgani aytilgan Kim Chen In kutilmaganda ko‘rinish berdi

Komaga tushgani aytilgan Kim Chen In kutilmaganda ko‘rinish berdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In sog‘lig‘i yomonlashgani va komaga tushgani haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan so‘ng jamoatchilik oldida ko‘rindi.

KCNA davlat axborot agentligi xabariga ko‘ra, u 19-oktyabr kuni kiyim-kechak va poyabzal ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan. Tadbirda unga rafiqasi Ri Sol Ju hamda qizi Ju Ae hamrohlik qilgan. E’lon qilingan suratlarda Kim Chen In ko‘rgazma mahsulotlarini tomosha qilayotgani va rasmiylar bilan suhbatlashayotgani aks etgan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Shimoliy Koreya rahbarining miyasiga qon quyilgani, komaga tushgani va davolanish uchun Xitoyga olib ketilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq ushbu da’volar hozircha ishonchli dalillar bilan tasdiqlanmagan.

Kim Chen Inning salomatligi bilan bog‘liq mish-mishlar avval ham bir necha bor kuzatilgan. U bir muddat omma oldida ko‘rinmay qolsa, uning sog‘lig‘i va ehtimoliy vorisi haqida turli taxminlar paydo bo‘ladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar