Misrlik dehqon tomorqasidan 3000 yillik fir’avn haykallarini topdi

Misrda oddiy dehqon tomorqasini qazish vaqtida kutilmagan tarixiy topilmaga duch keldi. Uning yeridan 3000 yildan ortiq tarixga ega fir’avn Ramzes II haykallarining bo‘laklari topildi.
Ma’lum qilinishicha, dehqon dastlab iyerogliflar tushirilgan toshni payqab qolgan va bu haqda arxeologlarga xabar bergan. Keyinchalik olib borilgan qazish ishlari davomida fir’avn haykalining 1,6 metrlik bosh qismi hamda uzunligi 2,4 metr bo‘lgan yana bir haykal bo‘lagi aniqlangan.
Topilmaning tarixiy ahamiyati yuqori baholanmoqda. Ramzes II Qadimgi Misrning eng mashhur fir’avnlaridan biri bo‘lib, miloddan avvalgi XIII asrda hukmronlik qilgan.
Qizig‘i, tarixiy yodgorliklarni topib, bu haqda tegishli idoralarga xabar bergani uchun dehqon va uning turmush o‘rtog‘iga Makkaga ziyorat safari uchun chiptalar sovg‘a qilingan.






























Izohlar 0
…