Qozog‘istonda voyaga yetmagan o‘g‘lining qilmishi uchun 45 yoshli ayol jazolandi (video)

Qozog‘istonning Jambil viloyatida 45 yoshli ayol o‘g‘li uning avtomobilini boshqarib, xavfli drift qilgani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda NUR.KZ viloyat politsiya departamentiga tayanib xabar berdi.
Jambil viloyati Politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, xavfli avtomobil boshqarish holati Merke tumani politsiya bo‘limida qayd etilgan va tegishli tekshiruv o‘tkazilgan.
«45 yoshli fuqaro voyaga yetmagan o‘g‘liga avtomobilni boshqarishga ruxsat bergani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Transport vositasi musodara qilindi», — deyiladi politsiya xabarida.
Bundan tashqari, politsiya xodimlari ayolga bunday xatti-harakatlarning huquqiy oqibatlarini tushuntirib, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish zarurligini eslatgan.






























Izohlar 0
…