Qozog‘istonda 72 nafar askar xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik vayron qilindi (video)

Qozog‘istonning Taraz shahrida Ikkinchi jahon urushi davrida halok bo‘lgan 72 nafar noma’lum askar dafn etilgan joydagi yodgorlik vayron qilindi. Uni buzgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha qidiruv ishlari boshlangan. Bu haqda Nur.kz xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 18 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Taraz shahrining Qorasuv mavzesidagi qabristonda joylashgan yodgorlik buzilgani haqida xabarlar tarqalgan. Ushbu hududda urush yillarida evakuatsiya gospitallarida olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan 72 nafar noma’lum askar dafn etilgan.
Qayd etilishicha, yodgorlik 2026 yil 15 oktyabr kuni keng ko‘lamli ta’mirlash va obodonlashtirish ishlaridan so‘ng qayta ochilgan. Ishlar Taraz shahar hokimligi hamda Rossiyaning Olmaotadagi Bosh konsulligi hamkorligida amalga oshirilgan.
Jambil viloyati hokimligi voqeani tasdiqlab, viloyat hokimi Yerbol Qorasho‘keyev holatni alohida nazoratga olishni topshirganini bildirgan. Yodgorlikni qayta tiklash ishlari ham nazoratga olingan.
Jambil viloyati politsiya departamenti esa yodgorlikni tahqirlash holati yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan. Ayni paytda huquqbuzarlarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.
20 noyabr kuni yodgorlik to‘liq qayta tiklangani haqida xabar berildi. Biroq uni buzgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tergov davom etmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…