Qozog‘istonda ijarachi uy egasiga tan jarohati yetkazdi va 30 sutkaga qamaldi (video)

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida uy egasi va 22 yoshli ijarachi o‘rtasida yuzaga kelgan janjal videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Hodisa ijarachi uyni belgilangan muddatda bo‘shatmagani sababli kelib chiqqan. Bu haqda NUR.KZ ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, ayol ijaraga bergan uyini bo‘shatishni talab qilganida, ular o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Tarqalgan videoda erkakning ayolga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatib, unga tashlangani aks etgan.
Ostona shahar politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli gumonlanuvchi ushlangan. Janjal davomida u uy egasiga tan jarohati yetkazgani sababli mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Shuningdek, erkak haqoratli so‘zlar ishlatib, mayda bezorilik sodir etgani uchun sud qarori bilan 30 sutkaga ma’muriy qamoqqa olingan.






























Izohlar 0
…