Kokshetauda 93 yoshli erkak va 89 yoshli ayol qutqarildi (video)

Qozog‘istonning Kokshetau shahrida qutqaruvchilar ikki nafar keksa insonga yordam ko‘rsatdi. 93 yoshli erkak va 89 yoshli ayol qutqarilib, tez tibbiy yordam brigadalariga topshirildi. Bu haqda NUR.KZ Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib xabar berdi.
Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, vazirlikning tezkor-qutqaruv otryadi xodimlari politsiya xodimlari bilan birgalikda ikki nafar keksa fuqaroning xonadonlari eshiklarini ochishga yordam bergan.
Birinchi holatda 93 yoshli erkak mustaqil ravishda o‘rnidan turib, eshikni ocha olmasligi aniqlangan.
Xonadonga kirish uchun qutqaruvchilar alpinizm uskunalaridan foydalangan. Ular balkon orqali to‘rtinchi qavatdan uchinchi qavatga tushib, xonadonga kirgan. Shundan so‘ng erkak tez tibbiy yordam brigadasiga topshirilgan.
Ikkinchi holatda esa 1937 yilda tug‘ilgan 89 yoshli ayol qutqarilgan. Avariya-qutqaruv ishlari yakunlangach, u ham tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni keksa insonlarni e’tiborsiz qoldirmaslikka, ularning ahvolidan muntazam xabar olib turishga chaqirdi. Shuningdek, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda darhol 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish kerakligini eslatdi.






























Izohlar 0
…