O‘zbekistonda mast holda takroran mashina haydaganlar qamalishi mumkin

O‘zbekiston1 daqiqa o'qish30
O‘zbekistonda mast holda takroran mashina haydaganlar qamalishi mumkin
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O‘zbekistonda mast holda takroran transport vositasini boshqarganlik va yo‘l harakati qoidalarini jiddiy buzganlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda.
  • Yangi qonunga ko‘ra, tezlikni me’yordan sezilarli darajada oshirganlik, drift qilish va noqonuniy poygalarda qatnashganlik uchun jarimalar miqdori oshirilib, ayrim hollarda haydovchilik huquqidan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.

Agar bunday harakat inson o‘limi yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, uch yildan besh yilgacha qamoq jazosi belgilanadi.

Bundan tashqari, voyaga yetmaganlarga transport vositasini boshqarishga ruxsat berganlik uchun 50 BHM miqdorida jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanishi nazarda tutilgan.

Qayd etilishicha, 2025 yilda 14 yosh va undan kichik bolalar ishtirokida 168 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Tezlikni oshirgan haydovchilar uchun jarimalar ko‘payadi

Yangi qonunga muvofiq, belgilangan tezlik me’yoridan sezilarli darajada oshirganlik uchun ham jarimalar miqdori oshiriladi.

Jumladan:

  • Tezlikni soatiga 40 kilometrdan ortiq oshirganlik uchun 25 BHMgacha jarima;

  • 60 kilometrdan ortiq oshirganlik uchun 45 BHMgacha jarima;

  • 80 kilometrdan ortiq oshirganlik uchun 65 BHM jarima hamda olti oyga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yilning dastlabki to‘qqiz oyida tezlikni soatiga 40–60 kilometrga oshirish bilan bog‘liq 19 719 ta huquqbuzarlik qayd etilgan.

Drift va noqonuniy poygalar ham e’tibordan chetda qolmadi

Hujjatda yo‘llarda xavfli manyovrlar bajarish, drift qilish, noqonuniy avtomobil poygalarida qatnashish va boshqa harakat ishtirokchilariga qasddan xalaqit berish uchun ham javobgarlikni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.

Statistikaga ko‘ra, 2025 yilda yo‘l bezoriligi bilan bog‘liq 604 ta huquqbuzarlik aniqlangan. 2026 yilning dastlabki to‘qqiz oyida esa bu raqam 572 tani tashkil etgan.

Senatorlarning ta’kidlashicha, o‘zgartishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad faqat jarima va qamoq jazolarini oshirish emas, balki yo‘llarda xavfli vaziyatlarning oldini olish, haydovchilar mas’uliyatini kuchaytirish va inson hayotini muhofaza qilishdan iborat.

Qayd etish joizki, qonun 28 noyabr kuni Senat tomonidan ma’qullangan. Demak, uning kuchga kirishi uchun belgilangan keyingi huquqiy jarayonlar ham yakunlanishi lozim.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?