Jahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi Germaniyaning Lebus shahri rahbariyatiga yovvoyi yevropa zubri o‘ldirilgani uchun ayblov e’lon qilmoqchi. Bu haqda «The Independent» nashriga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, zubr Berlindan 88 km uzoqlikdagi Lebus shahridagi Odra daryosi yonida 13 sentyabrda ko‘ringan. Zubr daryo bo‘yiga Polshadagi Uyss-Varti milliy bog‘idan o‘tib qolgan bo‘lishi mumkin.
Mahalliy hukumat zubr xavf soladi deb hisoblab, zubrni o‘ldirishga qaror qilgan.
"Germaniyada 250 yildan beri ilk yovvoyi zubr aniqlangandi va hukumat o‘ylab topgan narsa uni otishdan bo‘lak narsa bo‘lmadi", deb aytgan jamg‘arma vakili Kris Xeynrik.
Jamg‘armada ta’kidlanishicha, zubrlarning o‘zini tutishi "inson uchun xavf solmaydi".
Zubr Xalqaro tabiatni qo‘riqlash ittifoqi "Qizil ro‘yxati"ga kiritilgan. U Yevropaning g‘arbiy, markaziy va janubi-sharqiy qismlarida tarqagan bo‘lgan. Biroq 19-asr oxiriga kelib zubrlar Belovejskaya pusha va Kavkazdagina saqlanib qolgandi. 1927 yilda yovvoyi tabiatda zubr qirilib ketgan degan xulosaga kelingan. Zubrlar Polsha, Litva, Belarus, Ukraina, Rossiya va Slovakiyadagi qo‘riqxonalarda saqlanadi.
Hozirda Yevropa zubri 30 ta davlatda qafas ortida yashaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi: “Rossiya bilan muzokaralarni qachon boshlashni faqat Ukraina hal qiladi”