4 832
Qozog‘istonda jurnalistlar bergan savollarga bepisandlik qilgan amaldorlarning maoshi kamaytiriladi
Qozog‘istonda jurnalistlarning savollariga bepisandlik qilib, ularga javob bermaydigan mansabdor shaxslarning reytingi pasaytiriladi, bu esa ularning maoshlariga ta’sir qiladi. Bu haqda Qozog‘iston axborot va kommunikatsiyalar vaziri Dauren Abayev ma’lum qilgan.
Abayevning aytishicha, davlat xizmatchilarining maoshlari ular faoliyatining samaradoligini baholashning bonus-ball tizimiga bog‘lab qo‘yiladi.
“Agar davlat xizmatchisi savollarga javob bermasa, uning reytingi pasayadi, bu esa uning kamroq maosh olishiga olib keladi”, deb aytgan Abayev.
Abayevning aytishicha, OAV ko‘pincha “xo‘jako‘rsin” javoblar olishlaridan shikoyat qilishadi. Vazirning ta’kidlashicha, davlat organi uch kun ichida ma’lumotni qayta ishlab, normal javob berishga ulgura olmaydi.
“Shu sababli biz 15 kunlik amaliyotdan kelib chiqdik, vaholanki bu jarayon butun dunyoda 20 kundan bir oygacha vaqt oladi. O‘ylaymanki, bunda hech qanday qo‘rqinchli narsa yo‘q”, deb qo‘shimcha qilgan vazir.
Uning ta’kidlashicha, vazirlik bu muddatning qisqartirilishi masalasini muhokama qilishga tayyor.
Qozog‘iston parlamenti deputatlari 8 noyabrda axborot va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha tuzatmalar kiritish qonun loyihasini ma’qullaganlar. Ta’kidlanishicha, qonun loyihasiga ko‘ra, davlat organlari jurnalistlarning savollariga 15 kun ichida javob berishlari kerak bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, bu muddat “har qanday savolga javob berish”ni cho‘zib yuborishga imkon beradi va natijada yarim oydan keyin axborot eskirib, na OAV, na aholi uchun qizig‘i qolmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”