10:14 / 27.02.2018
4 281

Nazarboyev: parlament va hukumat faoliyati davlat tilida olib borilishi kerak

Nazarboyev: parlament va hukumat faoliyati davlat tilida olib borilishi kerak
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 26 fevral kuni Axborot va kommunikatsiyalar vaziri Dauren Abayev bilan uchrashar ekan, unga “qozoq tili maqomini yuksaltirish masalasidagi ishlarni davom ettirishni” topshirdi. Bu haqda Tnews.uz sayti yozmoqda.

— Lotinga o‘tish jarayoni xalqimiz uchun tarixan muhimdir. Shu bilan birga qozoq tili maqomini yuksaltirish ishini davom ettirish kerak. Parlament va hukumat faoliyati davlat tilida olib borilishi kerak. Shuningdek, bu masalada fuqorolar xuquqlarini ham poymol qilib bo‘lmaydi. Buning uchun sinxron tarjima imkoniyatlaridan foydalanish kerak bo‘ladi, -deya bayonot berdi Nazarboyev, shu bilan birga u o‘tish davrining muddati haqida hech narsa demadi.

Ikki yil muqaddam Nazarboyev Olmaotani rivojlantirishga bag‘ishlangan majlisda qo‘yidagicha bayonot bergan edi: “Menga kelayotgan ma’lumotlarga qapraganda, kimdir rus tilida murojaat qilayotgan bo‘lsa, unga qozoq tilida javob berilayotgan ekan. Kim bunga ruxsat berdi? Nima uchun prokuratura Qozog‘iston qonunlari buzilayotganini tekshirmayapti? Agarda kimdir rus tilida murojaat qilgan bo‘lsa, javobni ham rus tilida olishi kerak”.

O‘shanda Nazarboyevning matbuot kotibi Abayev prezidentning so‘zlariga izoh berar ekan, bu tanqid “xukumat rasmiylari qozoq tilida javob berishga qurbi yetmay qolgan taqdirdagina qo‘llanilishi” haqida bayonot bergan edi.

O‘tgan haftada Qozog‘iston rasmiylari lotinga asoslangan alifboning yangi variantini tasdiqladi, unga ko‘ra, krillga asoslangan zamonaviy qozoq alifbosi 2025 yilga qadar lotinga o‘tkazilishi ko‘zda tutiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyev: parlament va hukumat faoliyati davlat tilida olib borilishi kerak