Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga Ukrainaning 80 foizdan ko‘proq fuqarosi ishonch bildirmasligi aniqlandi. Bundan Sotsiologiya bo‘yicha Kiyev xalqaro instituti o‘tkazgan so‘rovnoma natijalari darak bermoqda, deb xabar berdi “Interfaks-Ukraina” nashri.
Sotsiologlarning aniqlashicha, Poroshenkogo respondentlarning 55,5 foizi butkul ishonmaydi, 26,1 foizi esa ishonqiramaydi, 10,3 foizi ishonadi, 2 foizigina to‘liq ishonadi.
Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysmanga ham ishonchsizlik darajasi yuqori bo‘lgan. So‘ralganlardan 52,2 foizi unga butkul ishonmasligini, 30,1 foizi ishonqiramasligini, 10,7 foizi ishonishi va 1,7 foizigina to‘liq ishonishini ma’lum qilgan.
Oliy radaga esa ishonchsizlik darajasi yanada pastroq bo‘lgan. 59,8 foiz respondent parlamentga butkul ishonmasligini, 30,4 foizi ishonqiramasligini, 5,3 foizi ishonishi va 0,6 foizigina to‘liq ishonishini aytgan.
Ukrainalar orasida eng katta ishonchga ko‘ngillilar (65,5 foiz), cherkov (56,9 foiz) va qurolli kuchlar (53,1 foiz) egaligi aniqlangan.
So‘rovnoma 23 noyabrdan 3 dekabrgacha o‘tkazilgan. Unda 18 yoshdan katta 2 ming kishi ishtirok etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi