Belarus davlat xavfsizligi qo‘mitasi xodimlari Belarus xavfsizlik kengashi davlat kotibi o‘rinbosari Andrey Vtyurinni hibsga olishdi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda “Nasha Niva” nashri xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu bir hafta oldin yuz bergan.
Belarusdagi eng nufuzli kishilardan birining hibsga olinishiga pora olish sabab bo‘lgan. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, pora miqdori 150 ming dollarni tashkil qilgan.
Nashrning ta’kidlashicha, Vtyuringa nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va uning yuqori lavozimli amaldor shaxslar yashovchi “Drozdi-2” posyolkasidagi kotteji muhrlab qo‘yilgan.
Davlat xavfsizligi qo‘mitasida bu borada izoh berishdan bosh tortilgan.
Vtyurin eng nufuzli belaruslardan hisoblanadi. U 2014 yilda xavfsizlik kengashiga ishga o‘tguncha 7 yil prezident xavfsizligi xizmatini boshqargan. Vtyurin bu xizmatda Aleksandr Lukashenko prezident lavozimini egallagandan bir yil keyin, ya’ni 1995 yilda ishlay boshlagan. Belaruslik jurnalistlar Vtyurinni Lukashenkoning safdoshi deb atashadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi