Qozog‘istonda pora haqida xabar berganlarga 17,5 million tengegacha mukofot beriladi

Dunyo1 daqiqa o'qish10
Qozog‘istonda pora haqida xabar berganlarga 17,5 million tengegacha mukofot beriladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Qozog‘istonda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqida xabar bergan fuqarolarga huquqbuzarlikning og‘irlik darajasiga qarab 17,5 million tengegacha pul mukofoti to‘lanadi.
  • Mukofot miqdori ma’muriy huquqbuzarliklar uchun 30 oylik hisob-kitob ko‘rsatkichidan boshlanib, yetkazilgan zarar 1 000 MHKdan oshgan hollarda ushbu summaning 10 foizini tashkil etadi.

Qozog‘istonda pora yoki korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan fuqarolarga 17,5 million tengegacha pul mukofoti berilishi mumkin. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasining korrupsiyaga qarshi kurash xizmati ma’lum qildi.

Mukofot miqdori huquqbuzarlikning og‘irlik darajasiga qarab belgilanadi. Jumladan:

  • ma’muriy huquqbuzarlik uchun — 30 oylik hisob-kitob ko‘rsatkichi (129 750 tenge);

  • yengil jinoyat uchun — 40 MHK (173 000 tenge);

  • o‘rtacha og‘irlikdagi jinoyat uchun — 50 MHK (216 250 tenge);

  • og‘ir jinoyat uchun — 70 MHK (302 750 tenge);

  • o‘ta og‘ir jinoyat uchun — 100 MHK (432 500 tenge).

Agar pora yoki jinoyat tufayli yetkazilgan zarar miqdori 1 000 MHKdan (4 million 325 ming tenge) oshsa, xabar bergan shaxsga ushbu summaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi. Biroq to‘lov miqdori 400 MHKdan, ya’ni 17 million 300 ming tengedan oshmasligi belgilangan.

Mukofotni olish uchun qanday shartlar bajarilishi kerak?

Mukofot olish uchun fuqaro korrupsiyaviy huquqbuzarlik, pora berish yoki pora talab qilish holati haqida tegishli organga xabar berishi kerak. Shuningdek:

  • sud hukmi yoki qarorining qonuniy kuchga kirishini kutish;

  • ariza topshirish;

  • arizaga shaxsni tasdiqlovchi hujjat va tengeda hisob ochilgan bank hisob raqami mavjudligi haqida ma’lumotnomani ilova qilish talab etiladi.

Mukofot to‘lash bo‘yicha komissiya qarori 15 ish kunigacha bo‘lgan muddatda qabul qilinadi. Pul tegishli buyruq chiqarilganidan keyin bir oy ichida fuqaroning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?